Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi

G‘afur G‘ulom nomidagi
nashriyot-matbaa ijodiy uyi

1966 yilda O‘zbekiston xalq shoiri G‘afur G‘ulom nomini abadiylashtirish maqsadida O‘zbekiston davlat matbuot qo‘mitasining 140-sonli buyrug‘i bilan «Toshkent» badiiy adabiyot nashriyotiga «G‘afur G‘ulom nomidagi Badiiy adabiyot nashriyoti» nomi berildi. 2002 yil G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at, «Yozuvchi» nashriyotlari hamda Rangli bosma fabrikasi negizida G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tashkil etildi.​

Nashriyot-matbaa uyi xazinasidan
Снимок экрана (183)-min
Yutuqlar va e'tirof
Снимок экрана (179)-min
Ijod Maskani: ijodiy uyning Adabiy Merosi
photo_2024-09-26_18-05-09

Zamonaviy faoliyat

Bugungi kunda G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi o‘zbek va xorijiy tillarda tasviriy san’at mahsulotlari, fotoalbomlar, bukletlar, prospektlar, kalendarlar, plakatlar, ko‘rgazmali qurollar, etiketkalar chop etish va tarqatish, reklama faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Nashriyot turli xil bosma mahsulotlarni chop etish va realizatsiya qilish, yuridik hamda jismoniy shaxslarga matbaachilik xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek, xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarish orqali o‘z faoliyatini samarali yo‘lga qo‘ygan.

Ta’limga oid nashrlar

Bular barchasidan tashqari, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi:

uchun milliy madaniy meros, adabiyot, san’at, musiqaга aloqador fanlar bo‘yicha darslik va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni chop etib kelmoqda.

Zamonga mos adabiyotlar

O‘zbek va jahon adabiyotida e’tirof etilgan ko‘plab adabiy-badiiy, ijtimoiy-siyosiy, tarixiy hamda ilmiy-ma’rifiy yo‘nalishdagi asarlar, shuningdek, umumta’lim maktablari o‘quvchilari, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun darsliklar hamda o‘quv qo‘llanmalarni nashr etib kelish, badiiy jihatdan yuksak, mazmunan boy va g‘oyaviy jihatdan puxta bo‘lgan, har bir davr talablariga javob beradigan adabiyotlar hamda turli bosma mahsulotlarni yaratish va nashr etish - bizning asosiy faoliyatimizdir.​

Yangiliklar

Снимок
Screenshot_2
7

Nashrlarimiz

Scroll to Top