О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2025-yil 17-oktabrdagi 02-PA-16447-XDFU-sonli, 21-oktabrdagi 28-1755-sonli hamda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 27/1-3556-sonli topshiriqlari ijrosi yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish bо‘yicha joriy yil 21-oktabrida 02-78-XDFU sonli “Yo‘l xarita” ishlab chiqilib ijroga qaratilgan.
Yo‘l xaritaning 1.3-bandida, shuningdek, vazirlikning 2025-yil 28-oktabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligini o‘tkazish haqida”gi 412-sonli buyrug‘ining 3-bandida sohada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sodir etilishi va bunday muhitni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash uchun xodimlar va aholi o‘rtasida ijtimoiy tarmoqlar orqali “Аnonim so‘rovnoma” o‘tkazish vazifasi belgilangan.
Shu vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida, tashkilotimiz xodimlari ham anonim so‘rovnomada ishtirok etdi. Xohlagan ishtirokchi ham https://forms.gle/mAhtHzzBJ2boU5rp9 shu havola orqali kirib so‘rovnomaga javob berishlari mumkin. So‘rovnomaning barcha natijalari anonim hisoblanadi va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha yanada samarali chora-tadbirlar belgilash uchun asos bo‘ladi.


