“Quyosh va shamol”
Bolalar adabiyoti

“Quyosh va shamol”

Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tavsiya etadi:

Tuzuvchi va tarjimon Miraziz Aʼzam

Nashriyotimiz tomonidan 5 jilddan tashkil topgan “Jahon bolalar adabiyoti” seriyasi ostida chop etilgan bolalar adabiyotiga oid eng sara kitoblarni tavsiya etadi. Kitoblar jahon bolalar adabiyoti yozuvchisi va shoirlarning ertak, hikoya, sheʼr va boshqa koʻplab janrdagi asarlarni oʻz ichiga oladi.

Ushbu kitobda Falastin bolalar adabiyotidan: Mahmud Darvish — sheʼrlar. Moʼgʼuliston bolalar adabiyotidan: Jambin Doshdoʼntiq — sheʼrlar. Yaponiya bolalar adabiyotidan: Isikava Takuboku — sheʼrlar, Dzyun Takami — sheʼrlar. Rossiya bolalar adabiyotidan: Vasiliy Jukovskiy — Masal, sheʼrlar, Nikolay Nekrasov — sheʼrlar, Lev Nikolayevich Tolstoy — hikoyalar, Karney Chukovskiy — sheʼrlar, Samuil Marshak — sheʼrlar, Sergey Mixaylov — sheʼrlar, Agniya Barto — sheʼrlar, Genrix Sapgir — sheʼrlari o‘rin olgan.