Psixologiyaga oid adabiyotlar

“Muvafaqqiyat sirlari”

G’afur G’ulom nomidagi nashriyot matbaa-ijodiy uyi tavsiya etadi:

Frenk Bettjer – Muvaffaqiyat sirlari.

Qo‘lingizdagi kitob butun dunyoni kezib chiqqan. Uning muallifi nochorlikdan muvaffaqiyat sari yo‘lni qanday bosib o‘tganini g‘oyat ta’sirli tarzda hikoya qiladi. Bu odam o‘z vaqtida ishsiz qolgan, umidsizlikka tushgan, aziyat chekkan, hatto o‘z joniga qasd qilishga uringan. Xo‘sh, u chorasizlik, yo‘qchilik komidan qay tarzda chiqib ketdi? Qaysi tamoyillar omadga erishishiga omil bo‘ldi?

Kitobda muallifning qisqa vaqt ichida muvaffaqiyat qozongani turli-tuman voqealar misolida ochib beriladi. Shu asnoda har qanday kishi xuddi shu tarzda omad cho‘qqisiga chiqishi mumkinligi uqtiriladi.