Badiiy adabiyotlar

“Ikki eshik orasi”

G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tavsiya etadi:

O’tkir Hoshimov – Ikki eshik orasi

Zamon va davr qanday sharoitda kechishidan qat’i nazar insoniy qadr-qimmat tushunchalarini saqlab qolgan, taqdirini el-yurti, xalqi, Vatani taqdiri bilan bog‘lagan, farzandidan ayrilganida ham qalbiga quvonch baxsh etishi mumkin bo‘lgan boshqa sababni o‘zi uchun yarata olgan, hayotini sevgi-muhabbat tuyg‘ulari bilan bezamoqchi bo‘lgani holda urush hukmiga tobe bo‘lib qolgan insonlar qismatini ifodalovchi ushbu asar mutolaasidan so‘ng bugungi o‘tayotgan tinch-omon hayotingiz, farzandlaringiz baxti uchun shukrona aytasiz.

Mazkur kitob O’tkir Hoshimov asarlari ichida qamrovi, o‘quvchi qalbiga yaqinligi bilan alohida ahamiyatga ega. Unda adib qariyb qirq yillik davrni o‘z ichiga olgan, bir qancha chigal va murakkab taqdirlar misolida o‘z xalqining urush davrida boshdan kechirgan hayoti, qismati haqida mahorat bilan qalam tebratgan.