Bizning faoliyatimiz

G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi мas'uliyati cheklangan jamiyati “O‘zdavnashr”ning adabiy-badiiy bo‘limi negizida 1957 yilda Adabiyot va san'at nashriyoti, 1964 – 1966 yillarda “Toshkent” badiiy adabiyot nashriyoti, 1966 yilda G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti nomlari bilan faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, O‘zbekiston Davlat matbuot qo‘mitasining 2002 yil 10 apreldagi 30-sonli buyrug‘iga binoan G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, “Yozuvchi” hamda Rangli bosma fabrikasi negizida G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi deb nomlandi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining buyruq hamda farmoyishlari, shuningdek, o‘z Nizomi asosida faoliyat yuritib kelmoqda.anrlari o‘z ifodasini topishi, shubhasiz.

Asosiy faoliyatimiz badiiy jihatdan yuksak, mazmunan boy va g‘oyaviy jihatdan puxta bo‘lgan, har bir davr talablariga javob beradigan adabiyotlar hamda turli bosma mahsulotlarni yaratish va nashr etishdan iborat. Nashriyot o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishni ustuvor vazifa deb biladi.

Mustaqillik yillarida o‘zbek va jahon adabiyotida muhim voqea sifatida e’tirof etilgan ko‘plab adabiy-badiiy, ijtimoiy-siyosiy, tarixiy hamda ilmiy-ma’rifiy yo‘nalishdagi asarlar, shuningdek, umumta’lim maktablari o‘quvchilari, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun darsliklar hamda o‘quv qo‘llanmalari nashr etib kelinmoqda. Ushbu faoliyat soha mutaxassislari, adabiyotshunoslar va keng kitobxonlar jamoatchiligi tomonidan yuqori baholanmoqda.

Ijodiy uy o‘z faoliyatini aniq va puxta reja asosida olib boradi. Shu asosda ijodiy jamoa O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi nasr, nazm, adabiy tanqid, dramaturgiya, bolalar adabiyoti singari Badiiy Kengashlar bilan hamkorlikda nashriyot rejalari shakllantiriladi, qolaversa har yili ma’naviy-ma’rifiy mazmunga ega, milliy qadriyatlarimiz ruhini aks ettiruvchi turli mavzulardagi nashrlarga alohida e’tibor qaratadi hamda o‘quvchilarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, saviyasi yuqori bo‘lgan kitoblarni chop etishni rejalashtiradi. Ushbu rejalar doirasida badiiy adabiyotning barcha janrlarini qamrab olish ko‘zda tutiladi.

Ijodiy uyining zamonaviy dizayn studiyasida matn terish, suratlarni skanerlashdan tortib tayyor diopozitivlarni tayyorlashgacha bo‘lgan jarayonlar amalga oshiriladi. Nashriyot-matbaa ijodiy uyida dunyoning eng nufuzli matbaa uskunalarini ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Germaniya, Yaponiya, Turkiya va Italiya kompaniyalaridan zamonaviy matbaa uskunalari ishga tushirilgan.

Ijodiy uyining zamonaviy dizayn studiyasida matn terish, suratlarni skanerlashdan tortib tayyor diopozitivlarni tayyorlashgacha bo‘lgan jarayonlar amalga oshiriladi. Korxonada Germaniyaning Heildelberg CD 102-4, Heildelberg Printmaster, 4 buyokli PRINT MASTER-74, Yaponiyaning Rayobi 784 ER (S) rusumli ofset bosma mashinasi, Turkiyaning VATAN MAKINA-1250 rusumli qog‘oz rulonidan listlarga kesish uskunasi, BNSh-6A – ipli tikuv mashinasi, kitob bloklariga ishlov beruvchi Shveysariyada ishlab chiqarilgan Perfecta TRIM SNAR 80 rusumli uch yoqlama kesuv mashinasi, kitob taxlovchi VShRa-750 va PONI-5, kitob muqovasini qobig‘iga tikmasdan, termo kley asosida yopishtiradigan Yaponiyaning HOROIZON-BOOK Binder BQ-460, Germaniyaning EVROBIND 600 HM, CTP Agfa Avalon, B8-24S qolip tayyorlash uskunasi, kassetali qog‘oz buklash mashinasi va boshqa texnik apparaturalari shular jumlasidandir.

Korxonada 170 nafardan ziyod ishchi-xodimlar faoliyat ko‘rsatadi.

Scroll to Top