Bizning faoliyatimiz

O‘zbek va jahon adabiyotida e’tirof etilgan ko‘plab adabiy-badiiy, ijtimoiy-siyosiy, tarixiy hamda ilmiy-ma’rifiy yo‘nalishdagi asarlar, shuningdek, umumta’lim maktablari o‘quvchilari, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun darsliklar hamda o‘quv qo‘llanmalarni nashr etib kelish, badiiy jihatdan yuksak, mazmunan boy va g‘oyaviy jihatdan puxta bo‘lgan, har bir davr talablariga javob beradigan adabiyotlar hamda turli bosma mahsulotlarni yaratish va nashr etish - bizning asosiy faoliyatimizdir.​

Ijodiy uyining zamonaviy dizayn studiyasida matn terish, suratlarni skanerlashdan tortib tayyor diopozitivlarni tayyorlashgacha bo‘lgan jarayonlar amalga oshiriladi. Nashriyot-matbaa ijodiy uyida dunyoning eng nufuzli matbaa uskunalarini ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Germaniya, Yaponiya, Turkiya va Italiya kompaniyalaridan zamonaviy matbaa uskunalari ishga tushirilgan.

Ijodiy jamoa O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi qoshidagi nasr, nazm, adabiy tanqid, dramaturgiya, bolalar adabiyoti singari Badiiy Kengashlar bilan hamkorlikda nashriyot rejalari shakllantiriladi, qolaversa har yili ma’naviy-ma’rifiy mazmunga ega, milliy qadriyatlarimiz ruhini aks ettiruvchi turli mavzulardagi nashrlarga alohida e’tibor qaratadi. O‘quvchilarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, saviyasi yuqori bo‘lgan kitoblarni chop etishni rejalashtiradi.

Korxonada Germaniyaning Heildelberg CD 102-4, Heildelberg Printmaster, 4 buyokli PRINT MASTER-74, Yaponiyaning Rayobi 784 ER (S) rusumli ofset bosma mashinasi, Turkiyaning VATAN MAKINA-1250 rusumli qog‘oz rulonidan listlarga kesish uskunasi, BNSh-6A – ipli tikuv mashinasi, kitob bloklariga ishlov beruvchi Shveysariyada ishlab chiqarilgan Perfecta TRIM SNAR 80 rusumli uch yoqlama kesuv mashinasi, kitob taxlovchi VShRa-750 va PONI-5, kitob muqovasini qobig‘iga tikmasdan, termo kley asosida yopishtiradigan Yaponiyaning HOROIZON-BOOK Binder BQ-460, Germaniyaning EVROBIND 600 HM, CTP Agfa Avalon, B8-24S qolip tayyorlash uskunasi, kassetali qog‘oz buklash mashinasi va boshqa texnik apparaturalari shular jumlasidandir.

Korxonada 170 nafardan ziyod ishchi-xodimlar faoliyat ko‘rsatadi.

Scroll to Top