G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi xalqaro ISO 9001:2015 sifat menejmenti standartiga muvofiq sertifikatlangan. Bu bizning sifatni boshqarish tizimimiz jahon talablari darajasida tashkil etilganini tasdiqlaydi.
Sertifikat “Rus Registr – Markaziy Osiyo” sertifikatlashtirish organi tomonidan nashriyot va poligrafiya faoliyatimiz, shuningdek darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va kitob mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari chuqur tekshiruvdan so‘ng berildi.
Biz faoliyatimiz yuksak talablar darajasida ekanini tasdiqlagan rasmiy audit natijalaridan faxrlanamiz. Mamlakat bo‘ylab ta’lim muassasalari va o‘quvchilar bizning mahsulotimizga ishonch bildiradi.
ISO 9001:2015 sertifikatiga ega bo‘lishimiz shuni anglatadiki:
- mahsulot sifatining barqarorligini ta’minlaymiz
- ishlab chiqarish jarayonlarida xalqaro standartlarga amal qilamiz
- ish jarayonlarini doimiy ravishda takomillashtirib boramiz
- kitob yaratishning barcha bosqichlarida ishonchlilik va shaffoflikni kafolatlaymiz
Biz faoliyatimiz yuksak talablar darajasida ekanini tasdiqlagan rasmiy audit natijalaridan faxrlanamiz.

