Nashriyot-matbaa uyi merosi va xazinasi
Ko‘p yillar davomida tarixiy va madaniy jihatdan bebaho ahamiyatga ega boy kitoblar hazinasi shakllanganiga qaramasdan, ijodiy uyining yillik mavzu rejalarida yangi ruknlar paydo bo‘lib, mazmun-mundarijasi pishiq, o‘quvchi qalbiga tez yetib boradigan, raqobat muhitini yuzaga keltiradigan adabiyot namunalari kirill hamda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida nashr etila boshlandi.










Nashriyot-matbaa ijodiy uyida Alisher Navoiyning 15 jildlik asarlar majmuasi, Firdavsiyning “Shohnoma”, Mashrab, Bedil, Bobur, Nodira, Uvaysiy, Furqat, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Usmon Nosir, G‘afur G‘ulom, Oybek, Mirtemir, Said Ahmad, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Muhammad Ali, shuningdek, jahon adabiyotining atoqli namoyandalari mashhur yozuvchi va shoirlarning asarlari chop etilgan.
Alisher Navoiyning 10 jildlik “To‘la asarlar to‘plami”, shuningdek, “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildlik kitoblar majmuasining dastlabki 30 jildi, “Nashriyotimiz hazinasidan” rukni ostida 30 nomdagi kitob, shuningdek, Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” (ingliz tilida), Abdulla Oripovning “Tanlangan asarlar”i (8 jild), Usmon Azimning “Tanlangan asarlari” (7 jild), Xitoy, Yaponiya va Koreya yozuvchilari qissalarini o‘z ichiga olgan “Uchlik saltanati” asarlari u yoki bu janrda nashr etilgan badiiy kitoblar sirasiga kirsa,








“Ko‘hna va boqiy Buxoro”, “Uzbekskaya model razvitiya: velikoye vozrozhdeniye”, “Amir Temur chet elliklar nigohida”, “Saodat yo‘li” kitob-albomlari, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” (6 jild), “O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati” (2 jild), “Kimyo”, “Frazeologiya” lug‘atlari, “O‘zbekiston joy nomlarining izohli lug‘ati” (2 jild) va birinchi marta nashrga tayyorlangan “Al-Qomus” o‘zbekcha-arabcha lug‘at kitobi ham alohida e’tirofga loyiq.
