10000 UZS

G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi «Kitob dunyosi» gazetasi kutubxonasi seriyasi ostida «Yurakning bir parchasi. Jahon adabiyoti hikoyalari» kitobini chop etdi.

Ushbu nashrda 2012-2015 yillarda «Kitob dunyosi» gazetasida chop etilgan eng sara hikoyalar to‘plangan.

«Kitob dunyosi» gazetasi allakachon Sizni qadrdoningizga aylanib ulgurgan. Qo‘lingizdagi kitobda — sevimli gazetangizda chop etilgan jahon adabiyotining turli yillar va davrlarda yozilgan hikoyalarini jamladik. Yaxshi asar — u millati, dinidan kat’i nazar qalbingizni xushnud etadi, ma’naviy olamingizni boyitadi.

Siz sevib mutolaa qilgan asar Siz aziz o‘quvchilar bilan diydorlashmoqda. Kitob zavqi, mutolaa shavqi bardavom bo‘lsin!