9 – may xotira va qadrlash kuni.

Bu dunyodan o‘tganlarni xotirlab, biz bilan birga yashayotganlarni – ulug‘larni, ustozlarni, do‘stlarni qadrlash deganidir. Xotira – muqaddas, qadr – insoniylikdir.

Agar yurak amri bilan, vijdonan ishlasang, korxonangga, odamlarga, jamiyatga halol mehnat qilsang bu – umr bekor o‘tmaganidan darak beradi.

G‘afur G‘ulom nashriti bayram munosabati bilan shu dargohda ishlab ketgan, ayni paytda qarilik gashtini surayotgan bir guruh faxriy xodimlarga savg‘a-salomlar bilan xonadonlariga tashrif buyurishdi.

Manzaralar, lavhalar suratlarda aks etgan.