10 – may kun o‘zbek adabiyotining zabardast vakili, G‘afur G‘ulomning tug‘ilgan kunidir. shu munosabat bilan shoir yashab, ijod qilgan uyida bir guruh ijodkorlar, shoirlar, yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar va madaniyat soha vakillari qatnashishdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalq shoiri ishtirokchilarni shoirning tavallud topgan kuni bilan tabrikladi, va shoir she’rlaridan parchalar o‘qib, G‘afur G‘ulomshe’riyati haqida uzoq gapirdi.

Ibrohim G‘afurov, Shuhrat Rizayev, Suvon Meli va boshqa adabiyotshunoslar shoir ijodi haqida gapirishdi.

G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyidan ham bir guruh xodimlar tadbirga qatnashishdi. Direktor o‘rinbosari O‘.Mirhabibov, bosh muharrir I. Zoyir, kasaba uyushmasi boshlig‘i T.Alimova va boshqalar nashriyotimiz tomonidan chop etilgan shoirning kitoblaridan olib borishdi.

Quyida tadbirdan rasmlar tomosha qilasiz.