Termizda kitob bayrami

Termiz shahrida “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida kitob bayrami bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimizning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yozuvchi va shoirlar, olimlar, noshirlar, yoshlar ishtirok etdi.

Ko‘rgazma va kitob savdolarida yurtimiz nashriyotlarida chop etilgan badiiy, siyosiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar, darslik va qo‘llanmalar taqdim etildi.

“Kitob – millatning bebaho madaniy va ma’naviy merosi” mavzusida o‘tkazilgan yangi kitoblar taqdimoti hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan adabiy klublar ishtirokchilari mushoirasi yig‘ilganlarda katta tassurot qoldirdi.