SO‘Z BAYRAMI

27 iyun.

26 iyundan bir kun keyin.

28 iyundan bir kun oldin.

Oyning, yilning, oylaru yillarning har bir kunini so‘z uchun, to‘g‘ri so‘z uchun kurashga kirgan, xalq va hukumat o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘taguvchi otashqalb jurnalist va ommaviy axborot xodimlarining bayrami aynan 27 iyun kuni belgilangan. Bu sanada hech qanday yashirin ma’no yo‘q, bu sanada yoki qandaydir sirlilik ham yo‘q, biroq qanaqadir tozarishmi, hushyorlikmi, ogohlikka da’vatmi shunga o‘xshash nimadir borligi aniq.

Jamiyatimizda, mamlakatimizda, umuman har sohada bo‘layotgan o‘zgarishlar, islohotlar, yangiliklar, u xoh xushxabar bo‘lsin, xoh muammoli vaziyat bo‘lsin barchasini sizu bizga, boricha yetkazib berayotgan zahmatkash jurnalistlarimizning kasb bayrami bugun. Keling, xulosaga shoshilmang, balandparvoz tabriklarga ham biroz shoshmay turing, bu sohada bari yolg‘on, qo‘shib yozish, bo‘rttirish avj olgan deyishga ham shoshilmang, do‘stlarim…

Endi…

Endi agar boshingizda do‘ppi bo‘lsa, shapkami, kepkami nima bo‘lsa ham boshingizdan olib, bir mulohaza qilib ko‘ring-a: agar yer yuzida jurnalistlar bo‘lmasa nimalar bo‘lib ketadi. Mayli, boshqa sohalar ham shundaydir, lekin hayotingizni gazetasiz, matbuotsiz, radio, televizorsiz bir zumgina tasavvur qilib ko‘ring-chi? Internetsizchi? Kunaro, soat sayin, daqiqa sayin turli kanallardan kelayotgan yangiliklarning barchasi mana zaxmatkash jurnalistlarimizning mehnatlari emasmi? Siz yana ularni yolg‘onchi deysiz, kattaroq davralarda duch kelib qolsangiz, ko‘rishmaysiz, lekin uyda dvanda yonboshlab “Axborot”ni, “davr”ni tomosha qilasiz…

Shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlariga ham nisbatan shu sharxni bersa bo‘ladi. Qo‘lingizdagi telefon, kamyuteringiz vaqti kelsa quvvati tugaydi, (safarga, sayohatga borganingizda) ayni o‘sha damlarda sizga yupanch, hamroh, do‘st bo‘ladigan yagona narsa bu – kitobdir. Bir kitob dunyo yuzini ko‘rguncha nashriyot xodimlari qanchalar mehnat qilishini, ta’bir kerak bo‘lsa, igna bilan quduq qazishini ham unutmang.

Xulosa qilmoqchiman, chunki bu kasb egalari, maqtovni ko‘p ham xush ko‘rishmaydi. Ularning o‘zlari h\am, xuddi qilgan, qilayotgan ishlari singari avvalo xalq orasida judayam mashhurdir. Men o‘sha mashhurliklariga omad tilayman.

Kasb bayrami muborak bo‘lsin!!!