Shavkat Mirziyoyev Turkmanistondan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi




Shavkat Mirziyoyev Turkmanistondan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Respublikasiga qilgan amaliy tashrifi o‘z nihoyasiga yetdi.

Shavkat Mirziyoyev bugun, 20 may kuni Turmanistondan Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.

Avval xabar berganimizdek, Shavkat Mirziyoyev 21 may kuni Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadigan arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etadi.

O‘zbekiston rahbarining Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan. Muzokaralarda O‘zbekiston bilan Saudiya Arabistoni o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Respublikasiga amaliy tashrifi davomida Prezident Gurbanguli Berdimuhammedov bilan muzokaralar o‘tkazdi va ikkitomonlama qator hujjatlar imzolandi.