O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyodga keldi




O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyodga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan 21 may kuni Ar-Riyod shahrida bo‘ladigan arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga keldi.

O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Davlatimiz rahbarining Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazish rejalashtirilgan.

Saudiya Podshohi va Valiahdi bilan muzokaralarda mamlakatlarimiz o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.