5 Обзор(s) | Добавить отзыв

Taniqli yozuvchi, afg‘on urushi qatnashchisi, urush mavzusidagi asarlari bilan o‘quvchilar qalbini larzaga solgan Qo‘chqor Norqobildan yana bir yangi kitob: “Biz jangdan qatmadik”.

Ikkita qissadan tarkib topgan kitob o‘z nomi bilan aytib turibdiki, urushga borib, orzuyu armonlarini, ayni 18 yoshini olov maydonida tashlab kelgan yigitlarning iztiroblari haqida.

Urushda g‘olib yo‘q, mag‘lub bor. Ikki tomon ham yengiladi. Jang maydonidagi g‘alaba, g‘alaba emas, aslida mag‘lubiyatdir. Inson qaysi zamonda yashamasin, u aynan yashashga, umid qilishga, orzu qilishga, yashaganda ham insonday umr kechirishga haqlidir. Hech qaysi davr yoki tuzimning haqqi yo‘qki, uning hayotini zaharlashga, umrini xazon qilishga.

“Biz jangdan qaytmadik” kitob inson va urush, inson matonati va urush jarohatining qanchalik tubanligini sizga ko‘rsatib beradi.

Yozuvchini kitob bilan, o‘quvchilarni esa yangi to‘plam bilan tabriklaymiz.