22419 UZS

G‘ufur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan taniqli yozuvchi, O‘zbekiston Respublikasiga xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Isajon Sultonning “2-jildlik. Asarlar” to‘plami nashrdan chiqdi.

Ma’lumki, Isajon Sulton nafaqat Mamlakatimizda, qolaversa, jahon adabiyotida ham o‘z o‘rniga ega yozuvchilardandir. Uning har bir asari, u hikoyami, qissami, romanmi – barchasida inson va uning qismat, taqdir yo‘llarida izlanayotgani, o‘ziga yo‘l qidirayotgani, o‘zini anglashga harakat qilayotgani jonli, tabiiy, va ta’sirli qilib ko‘rsatilib beriladi.

Birinchi jildda hikoyalar, ikkinchi jildda romanlar va qissalardan tarkib topgan kitob bilan avvalo yozuvchini tabriklaymiz, jumaladan, kitobxon o‘quvchilarni ham muborakbod etamiz.