5 Обзор(s) | Добавить отзыв

Bugungi biz yashayotgan, ayni damda kompyuterlashgan zamondayam rivoyatlar bo‘larmikan dersiz?Haq gap, lekin ko‘z oldimizda yurish turishi, yashash tarzi, dili va tili birligi, gapi amali bilan bir xil bo‘lgan insonlar kam deysizmi? Vatan, ota-ona, do‘stlik va odamiylik, mehr-muhabbat va sadoqat, birodarlik va qadrdonlik, qarindoshlik va butun insoniyatga xos bo‘lgan tushunchalar, tuyg‘ular, orzular va armonlar haqida o‘z amali va hayot tarzi bilan rivoyatlar yaratgan zamondoshlarimiz hayotida ro‘y bergan, bir so‘z bilan aytganda, odamlarga odamlar haqida gapirayotgan bu kitob Sizga manzur bo‘lishiga ishonamiz.